"Sotilayotgan kasalliklar"

13 IYUL 2026 · 1 DAQIQA

Shu kitobni bir ötirishda öqib tugatdim. Köp narsaga töxtalgan mualliflar. Asosan, farmatsevka sanoati, işlaş prinsipi, marketing xiylalari, shifokorlar bilan aloqalarini ochishga urinishgan.

Bundan tashqari, ayrim, unchalik xavfli bölmagan, lekin, özini ishlab chiqargan dorisini sotish uchun buni kattaytirib körsatişlariga urğu berilgan.

Masalan, eng birinchi misol qilib qondagi xolesterinni köpayişiga töxtalgan, mualliflar. Bu boşlanğiç unçalik ham xavfli emasligi, buni muqobilida e'tibor qaratish kerak bölgan organizmda boshqa boşqa jihatlar köpligi muhokama qilingan. Lekin, qondagi xolesterin qanday ölchanadi, norma qanday, qancha miqdordan köpayganda şifokor yoki dorilarga murojaat qilinadi, bu haqida gap yöq.

Şifokorlar va farmatsevtik korxonalar aloqasiga töxtalganda esa, umumiy gapiriliş hisobiga, juda köplab şifokorlarga şubha bilan qaraşga undagan bölsada, haqiqiy şifokor yoki taşxisni qanday ajratiş böyiça amaliy tavsiyalar berilmagan.

Xulosa: töğri, kerakli ma'lumotlar bor, öqib, örganib qöyish zarar qilmaydi. Lekin, muammo bilan birgalikda yechim ham taklif qilinishi kerak edi nazarimda. Mubolağa va umimiy xulosalar köpligi sababli, biroz hayp uchun yozilganga ham öxshadi.

#kitob#farmatsevtika#tahlil

Yana o'qish mumkin