Siz Korzinka'ga 300 million so'm foyda keltirishingiz mumkin
27 APREL 2025 · 1 DAQIQA
Siz Korzinka’ga 300 million soʻm foyda keltirishingiz mumkin!
Hammamiz Korzinka’dan tez-tez xarid qilamiz. Uning bozorlarga nisbatan qulayligi, tanlov imkoniyatining kengligi va vaqtni tejash kabi afzalliklari bor.
Ammo shuni unutmaylik: bunday zamonaviy tarmoqlarning rivoji faqat asoschilarga emas, butun jamiyatga foyda keltiradi.
Bizneslarning ikkita qiymati boʻladi:
• Moliyaviy qiymat — faqat egalar va xodimlarga foyda keltiradi.
• Ijtimoiy qiymat — jamiyat uchun ham qiymat yaratadi.
Korzinka esa — ijtimoiy qiymatga ega kompaniya. Uni rivojlantirishda biz hammamiz ishtirok etishimiz mumkin.
Xaridingizni tugatgandan soʻng, savatchani olgan joyingizga qaytarib qoʻying.
Bu oddiy odat bilan siz Korzinkaga katta yordam bergan boʻlasiz:
• Har bir filialda savatchalarni yigʻish uchun kamida bitta xodim kerak boʻladi.
• Bitta xodim oyligi oʻrtacha 3 million soʻm.
• 100 ta filial boʻyicha 300 million soʻm qoʻshimcha xarajat demakdir.
Siz savatchani joyiga qaytarish orqali Korzinkaga 300 million soʻm tejaladigan sarmoyani texnologik rivojlanishga, xizmat sifatini oshirishga yoʻnaltirish imkonini berasiz.
Va oxir-oqibat bu baribir sizning manfaatingizga xizmat qiladi.
Unutmang: Qayerdan qiymat olmoqchi boʻlsangiz, avvalo oʻsha yerga o‘z hissangizni qo‘shing.
Bu faqat pul emas — bu madaniyat va ijtimoiy ongdir.