Qadriyatlar
12 IYUN 2025 · 3 DAQIQA
Yuqorida rasmga birinchi reaksiyani so‘radim odamlardan, ba'zi odamlar "srazu" nuqtaga urdi. Ba'zilar bo‘lsa pastdagi shunaqa gaplarni gapirishdi.
Aslida bular do‘stlarim emas, bu rasm tashlangan guruh sinfdoshlarniki edi va hech kim hech qanday reaksiya bildirmadi.
Quyida berilgan fikrlarni ba'zilarini keltirdim.
-
1-Chapdagisi oʻzidan kimdur yasashga harakat qivoti lekin oʻxshamagan, azgina befarosat( oyogʻi stulda va qora uzun naski).
2-Oʻrtadagisi normalniy samimiy bolaga oʻxshavoti.
3-Oʻng tomondagi bola baquvvat, manimcha dalada ishlidi va ogʻir mehnatda kotta boʻgan. -
Man shunchaki tashqi korinishga qarab insonga baho bera olmayman hech bolmasa suhbat qib korme turib.
-
Xuddi shunaqa ayniqsa birinchi koʻrish aldamchi boʻladi deyishadi
-
Chap tomondagi brat ozini korsatmoqchila katta ehtimol bn bekorchi VA krediti bor.
-
Tapichkadagi bratga vapshe qzumas brovi fikri
-
Ong tarafdagi bratni dadasini puli kop 😂
-
Chap tomondagi bolaga sal "farqi yo'q"roq ekan, qiz bolani stuliga oyog'ini qo'yvopti, manimcha keyin tozalamgan bo'sayam kere
-
o'ngdagi aka o'ta samimiyga o'xshayabdi yuzidagi tabasumidan
-
agar bu politex bo'lsa, 3 savdoyi yoxud 3 darmayed
Kursdoshlar
Нимада рендер килдиз?
Biri biznesmen biri moysafet biri darmait 😆😂hazil albatta
Aslida men e'tibor qaratmoqchi bo‘lgan narsa, rasm ham, odamlarni fikri ham emas, qadriyatlar edi. Bir zum o‘ylabam qoldim, asosiy maqsadni keyinga surib, izohlarni har biriga to‘xtalib o‘tsammi deb, lekin bu – chalg‘ish bo‘larkan.
Men shu rasmni ko‘rganimdan buyon, qachon shu bola esimga tushsa, telefon qilib yoki yozib urushgim keladi, chunki bilamiz, ko‘p joylarda maktablarni onalarimiz, opalarimiz, singillarimiz tozalaydi, birorta erkakni parta–stul artganini ko‘rmaganman kasb o‘laroq. Keyin artib qo‘ygan taqdirdayam, bu yerda ukamiz, singlimiz o‘qib ilm oladi, ilm dargohi bu yer. Hattoki ba'zi maktablar maktab hududiga yalangoyoq, ya'ni oyoq kiyimsiz kirish rejimini joriy qilgan.
Ishda bir hamkasbim bo‘lardi, bir xodimimizdan shikoyat ko‘p tushgani uchun ishdan olishni taklkif qilganimizda "menga zarari tegmayaptiku" degan javobni berganidi. Yakunda esa o‘sha xodim aynan o‘sha hamkasbimga zarar bergani uchun ishdan ketdi. Aslida bu – hamkasbimni gapi emas, jamiyatni ahvoli.
Biz atrofimizda bo‘layotgan hodisalarga juda befarqmiz, bizga aloqador bo‘lgandagina aralashib, bizga aloqasiz payti kim qancha aziyat cheksa yoki zarar ko‘rsa ham aralashmaymiz.
Buni hammasi yana qaytarib aytaman, qadriyatga bog‘liq, qadriyatlar mushtarak bo‘lmas ekan, jamiyat birlashmaydi, natijaga erishmaymiz.
Yagona qadriyat esa bu – din!
Jamiyatimizda boshlang‘ich diniy ta‘lim rivojlantirilmas ekan, jamiyatdagi befarqlik va beparvolik tendensiyasi davom etaveradi. Yechim esa yagona bizni millat uchun, bu – boshlang‘ich diniy ta'lim!
Diniy ta'lim bunga qanday yechib berishini isboti bilan aytaman. Tasavvur qiling, agar shu joy sizni maktabiz, singliz shu stulda o‘tiradi va onez shu yerni har kuni ertalab tozalaydi. Qanday reaksiya bildirgan bo‘lardingiz shu rasmga? Buni bitta stulga oyoq qo‘yishda emas, ko‘chaga chiqindi tashlashda ham sinab ko‘rsangiz bo‘ladi.
Din bittagina qadriyat bilan uzil–kesil yechadi bu masalani. Hamma bir–biriga birodar, opa, singil, ota–ona, farzand. Dinda esa bunday qadriyatlar son mingta. Tasavvur qiling bitta qadriyatni o‘zi jamiyatda qanchalik katta rezonansga sabab bo‘ladi. Yuzta qadriyat qanday masalalarni yechgan bo‘lardi?