Saviya va qo'shiq
6 MART 2025 · 1 DAQIQA
Oldinlari Ummonni muzikalari qanchalik oʻziga tortmasin, saviyasi past deb ataylab oʻzimni olib qochardim. Sababi, chunki tushunish qancha oson boʻlsa miya unga shunchalik tortaveradi, a Ummonda tushunish kerak boʻlgan narsani oʻzi boʻlmasidi. Tabiiyki shu orqaligina mashxur boʻglan.
Masalan:
Ishonishib qishning iliq kuniga,
Ba'zi bir daraxtlar kurtak yozipti,
Ayyor qish oʻranib bahor toʻniga,
Soddalar ostiga chuqur qazipti,
Bardoshni yoʻqotmay kutinglar birpas,
Bahor ham keladi, bahor aldamas.
degan qoshiqni kim ham eshitardi, chunki tushunmaydi qoʻshiq mazmunini, tushunsa eshitadi albatta. Ya'ni odam qoʻshiq eshitayotganda oʻzini aqliy salohiyatiga toʻgʻri keladigan qoʻshiqlar tanlaydi.
Toʻgʻri, aqlli, ziyoli odamlar ham eshitadi bu qoʻshiqni, ular juda kamchilik boʻlib, asosan, yoshlikni eslab, yoki charchoqdan dam olish uchun sanoqli eshitishi mumkin. Lekin shular biladi yuqoridagi matnlar saviyasini, qadrini.
Ya'ni bu yerda nuqta, saviyasizlarni eshitishda emas, ohanggidan kelib-chiqib istalgan qoʻshiqni eshitishi mumkin vaqtini qizgʻonmasa yoki tez dofamin xohlasa. Nuqta bu yerda, oʻzlarini zamonaviy bilib, saviyali qoʻshiqlarni, eskilik, qariyalar eshitadi, kattalarniki degan sayoz fikrlarda.
Hozirgi, Hamdam Sobirov, Jaloliddin Ahmadaliyev va boshqalarni eshitib, Ummon ancha saviyali boʻlgan deb yubordim toʻgʻrisi bir oʻtirganda.
Iltimos, shu qoʻshiqlarni oʻziz tushunmasez, tushunadigan birortasi bilan eshiting, uyalmang, tushuntirib berishini soʻrang, yana eshitgiz kemasa keyin aytasiz. Miya faolligi ham ancha oshadi bu orqali.