Ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlashga oid qonun loyihasi haqida

23 IYUL 2026 · 2 DAQIQA

Ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaşga oid qonun loyihasi haqida

Kino musiqadan voz keçiş mavzusiga bir oy bölganida qaytişimni aytkanidim, lekin bitta sabab bilan qaytişimga töğri keldi bu mavzuga.

Avvaldan shorts/reels körmayman, izlagan kontentim agar ayni şu formatda joylanmagan bölsa. Videodagi YouTube lentada ham shorts yöq e'tibor berselar. Şunçaki lentadan çiqqan shorts'ga "not interested" tugmasini bosaverganman, va menga YouTube umuman shorts'ni tavsiya qilmay qöygan.

Lekin, töxtalmoqçi bölgan mavzuyim umuman boşqa. Kino/musiqani töxtatganimdan keyin barcha ularga oid kanallar va videolarga "not interested" yoki "don't recomment this channel" tugmalarini bosib çiqtim. Ba'zida bunga soatlab vaqtim ketdi.

Odatda, menda va aksar odamlarda lenta orqali foydali yoki kerakli kontentni topiş muammosi böladi, natijada lentani aylantirişni öziga bir kontentlik vaqtni işlatib yuboradi.

Menda esa yuqorida qöllagan uslubim natija berdi:
• YouTube'da lentaga deyarli vaqt sarflamayabman;
• kerakli kontentni izlaşga umuman hojat qolmayapti, şunçaki ilovaga kirişim bilan eng kerakli va körişim kerak bölgan kontent çiqib kelyapti;
• va eng qiziği esa oxirida böldi. Lentaga vaqt ajrataman deb ataylab scroll qildim, yuqoridagi işni davom ettiriş uçun, qarasam bu borada 100% lik natijaga erişibman, birorta keraksiz kontent çiqmadi yölimdan, barçasi körişim kerak bölgan kontentlar. Aksinça YouTube menga lentam tugaganini aytdi. Men buni faqat LinkedIn'da bor deb bilardim, va köpinça vaqtimni u yerda ötkazardim.

Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar bizga imkoniyatlar eşigi, ulardan qanday saviyada yoki qaysi yoşda bölişimizdan qat'iy nazar maksimal darajada foydalanişimiz kerak. Turgan gap-ki, taqiqlay olmaymiz, uni örniga undan töğri foydalaniş madaniyatini, ya'ni kontentni töğri iste'mol qilişni örgatişimiz kerak.

Masalan, oramizdan heç kim eşşak göştini yemaydi yoki şunçaki borib birovni uyini tunamaydi. Sababi, jamiyatda bunga qarşi immunitet şakllangan, bizni tarbiyalab boradi bunday holatlarga nisbatan. Agar jamiyat tarbiyasi bölmaganida edi, şu eşşak göştini istalgan bitta joyda yangilik ekan deb yeb qöygan bölardik.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarni belgilangan yoşdagilarga taqiqlaşni közda tutuvçi qonun loyihasiga közim tuşgan edi. Bu xuddi, "bolalarimiz bozorda sifatli göşt kamayib ketgani sababli bilmasdan eşak va it göştini yeb qöyyapti, şuning uçun endi 16 yoşga tölmaganlarga göşt yeyişni taqiqlamoqçimiz" degandek gap. Unga taqiqlab, kamiga göşt iste'moli madaniyatini örgatmas ekansiz, u bola şu yoşga tölişi bilan birinçi qiladigan işi göşt yeyiş böladi va 50/50 ehtimol bilan it yoki eşak göştini tanlaydi.

Ps. Videodagi diniy materiallarni körsatişda heç qanday tarqatiş yoki ommalaştiriş maqsad qilinmagan. Bu şunçaki YouTube algoritmidagi mening profilimga moslaşgan kontentlar ketma-ketligi xolos. Istalgan diniy mazmundagi materiallarni saqlaş, tarqatiş, ommalaştiriş va unga uriniş qonunga xilof hisoblanadi. Yakka şaxs sifatida esa qanday kontenti iste'mol qilişim, bu – konstitutsiyaviy huquqim hisoblanadi.

#ijtimoiy tarmoq#algoritm#tarbiya

Yana o'qish mumkin