Qalb ham parhez so'raydi

10 IYUL 2026 · 1 DAQIQA

Inson tanasi ozuqani yegulik va ichguliklardan oladi. Yaqin kunlardan buyon oshqozon, hazm tizimi va tanamda muammolar bo‘lyapti, shifokorlar bilan maslahatlashib parhez masalasiga e’tibor qaratishim kerakligini bilyapman, chunki majburman shifokor maslahatini inobatga olishda. Chunki sog‘liqni saqlash farz hisoblanadi mo‘min kishi uchun. Ular a’zolar va tanani, umuman sog‘liqni saqlashda mutaxassis hisoblanishadi.

Biz sog‘liqni saqlash uchun shifokorga murojaat qilganimiz kabi, boshqa masalalarda ham o‘z mutaxassislariga murojaat qilishimiz kerak. Ancha vaqtdan buyon qalbimda xotirjamlik yo‘q. Ishlarim yaxshi, oilam, do‘stlarim bilan aloqam, ta’limni ham parallel olib boryapman, lekin, taskin yo‘q.

Inson tanasi ozuqani oziq-ovqatdan olgani kabi, qalbi ham nimadandir oziqlanadi. Bu ozuqani qabul qilishga bizni beshta sezgi a’zomiz mas’ul. Biz qalbimizni asosan ko‘rish va eshitish orqali oziqlantiramiz va bu o‘rinda ham parhez juda muhim musulmon odam uchun, bu parhezni belgilab beruvchi, belgilab bergan bizni tarbiyachimiz ham bor. Sog‘ligimiz uchun ikki xil shifokor ikki xil ko‘rsatma berishi mumkin, lekin qalb va ruhni oziqlantirishda va uning parhezida yagona manba bor.

Odatda, shifokorlar tarafidan kola yoki fanta kabi shakarli, gazli, ko‘p kaloriyali ichimliklarni ichmaslik aytiladi tavsiyaviy ma’noda. Ya’ni, mutlaq ichmaslik kerak degani emas, shifokorlarni o‘zi ham haftada bir yoki ikki marta organizmdan kelib chiqib, ichish zararsizligini aytishadi. Lekin, umuman ichmasligi insonga faqat foyda, zarar keltirmaydi, ya’ni.

Qalb ozuqasi parheziga kelsak, bugundan, maqsadli tarzda umuman qo‘shiq eshitmaslik va kino ko‘rmaslikka qaror qildim. Agar buni buzsam jazo sifatida har bir buzgan kunim uchun bir hafta ro‘za tutish zaruratini yukladim. Buni bu yerda yozayotganimning sababi esa ijtimoiy mas’uliyat olish hamda mulohazalarim bilan o‘rtoqlashish edi.

#sog'liq#qalb#parhez#islom

Yana o'qish mumkin