Otam bilan gaplashmaganimga 25 kun bo'pti

29 YANVAR 2026 · 2 DAQIQA

Otam bilan gaplashmaganimga 25 kun boʻpti.

Universitetda bir loyiha boshlab qoʻyganim sababli, beshinchi yanvardan buyon, dam olishsiz ertalab uydan sakkizda chiqib kechadi 1–2 larda kirib kelyabman. Kuniga taxminan 4–5 soat uyqu boʻlyapti. Kunlarim, vaqtim shunaqa intemsivligidan, otam bilan 25 kun mana gaplashmabman. Pochcham yozgan ekan, unga ham javob berolmabman, uydagilar aytishganidi qarabman.

Oʻrtada sessiya boʻldi, yana boshqa muammolar, kamchilikalaram yoʻqmas. Lekin atrofimizda shunaqa holatlar boʻladiki, unga bee’tibor qololmaymiz. Koʻzi koʻrib, koʻrmaganga olishga vijdon qiynaladi. “Menga nima” degan gapni nimagadir hech lugʻatimdan chiqarolmadim. Va bu koʻp hollarda oʻz zararimga ishlamoqda.

Shubhasiz, insonni ota–onasidan koʻra koʻproq yaxshi koʻradigan odami boʻlmaydi. Lekin, ba’zi hollar boʻladi, uzoqda boʻlasiz, sizdagi vaziyatni ota–ona koʻrmasligi, oldizdagi xavflardan boxabar qilolmasligi, qamday imkoniyatlarni boy berayotkaningizni koʻrolmasligi mumkin. Bunday vaziyatlarda yaqin doʻstlar, birodarlar, tanishlar sahnaga chiqishadi. Ular hayotimizdagi ota–onadan keyingi eng qadrli insonlar.

Lekin, oramizda ba’zi odamlar bor-ki, ular tarbiya bilan, yoki siyosat, yoki tashqi muhit natijasida manfaatparast boʻlib ulgʻayib qolishgan. Hamma ham aslida manfaatparast, lekin koʻplarda bu me’yordan ortib ketyapti. Buni oqibatida ular odamni samimiyatini, doʻstligini koʻra olishmayapti.

Oʻqishni boshlaganimdan buyon universitet rahbariyati, oʻqituvchilari, xodimlaridan judayam koʻp narsa soʻradim, ba’zilari yordam berdi, ba’zilari esa yoʻq. Faqat, bir narsani aniq ayta olaman, shu soʻrov iltimoslardan birortasi oʻzim uchun emasidi. Buni oqibatida ayrimlarni oldida hurmatim ham yoʻqoldi, va buni natijasida ham nimadir topmadim hamda maqsad ham oʻzim uchun nimsdir topish emasdi.

Shunaqa payt kelarkan, charchab qolasan. Hammasiga qoʻl siltab, oʻzing, oilang uchun yashaging keladi. Lekin, jamiyatda hamma “men” desa, insoniylik, odamgarchilik yoʻqoladi. Alanga soʻnadi, balki alanga ham deb boʻlmas, uchqunlab turmasa agar, kerak payti umuman yonmay qolishi mumkin.

Insonga negativ narsa koʻp koʻrinadi, oʻnni – ming koʻradi. Aslida esa dunyoda samimiy, qalbi ochiq, minnatdor insonlar judayam koʻp. Oʻzimiz qancha harakat qilsakda asl shunday boʻlolmaganimiz uchun ularni koʻrolmaymiz xolos.

Alloh hammamiznj insonlarga yordamchi, hojatbaror, foydali, mehribon qilsin. Insonlar bizga baxtli paytida pulini boʻlishish uchun emas, gʻamgin paytlarida dardini boʻlishishga murojaat qilishsin. Biz ham baxtdan sarxush boʻlib Allohni unutish oʻrniga, dardiga sherik boʻlib, Allohni birga eslaylik, asli bu foydaliroq insonga.

#ota-ona#charchoq#samimiyat

Yana o'qish mumkin