Niyat
7 AVGUST 2025 · 1 DAQIQA
Yangi ishga kirdim, kvartiramdan mashinada tahminan 8 daqiqalik yo‘l. Yandex chaqirsam juda qimmat tusharkan, yo‘ldan taxi tutib boradigan bo‘ldim ishga. Qaytishda ham huddi shunday, yo‘ldan tutib qaytaman. Bir tarafdan yaxshin ekan, programmaga qarab, minut kutibo‘tirilmaydi, pullik "ojidaniya"ga o‘tib ketmaydi. Chiqasan, to‘xtatasan, 8 daqiqada yetasan manzilingga.
Lekin yomon tarafi ham bor, va bu eng yomoni – narxni kelishish. Cho‘ntakka qarab ozroq beray desang haydovchi ham og‘rinadi, vijdon ham qiynaladi, ko‘proq beray desang cho‘ntak ko‘tarmaydi. 33–4 kun qatnab o‘rgandim, 10,000 so‘mga bemalol kelishsa bo‘larkanu, haydovchi og‘rinib qolarkan. Shu uchun mengayam juda qiyinmasu deb, talashib o‘tirmasdan 15,000 beraman deb niyat qilib qo‘ydim.
Bugun ertalab qarasam cho‘ntagimda 40,000 pul qopti, bugun–erta pul keladigan joyi ham yo‘q, majbur 10,000 ga kelishishga to‘g‘ri kelarkan, nimayam derdik, sharoitga qaraymizda.
Amallarni niyatga bog‘lagan Islom naqadar buyuk din a?