Pul, kuch, sevgi
6 NOYABR 2025 · 1 DAQIQA
Uch narsa yordamida birovga bir ishni qildirish mumkin:
Pul, kuch, sevgi.
Kuch — faqat qarshidagining o‘zini kuchliroq his qilguniga qadar ishlaydi.
Pul — faqat qarshidagi o‘ziga kerakli qiymatni olgunga qadar.
Sevgi esa — yo qabrgacha, yo qiyomatgacha davom etadi.
Bu nazariyalar shu qadar qadimiyki, ularning muallifini eslash ham mushkul. Asrlar davomida ular sinovdan o‘tgan, tasdig‘ini topgan.
Ammo biz hanuz pulimiz va kuchimizga suyanamiz.
Nahotki har bir avlod bu haqiqatni faqat o‘zi jabr chekib anglashga majbur bo‘lsa? Huddi har safar velosipedni qayta ixtiro qilayotgandek.
21-asrning eng katta yutug‘i — bizdan oldingi ajdodlar kashfiyotini davom ettirishidir.
Agar biz yuqoridagi nazariyalarga ham texnologiyaga yondashgandek yondashganimizda, hayot boshqacha bo‘lardi.
Har bir avlod o‘z velosipedini qayta ixtiro qilmoqda.
Eng achinarlisi — hammasi bir xil, o‘sha–o‘sha velosiped.