Nima uchun universitetga kirdim?
27 DEKABR 2025 · 2 DAQIQA
Aslida ko‘p narsani mustaqil o‘rganishni yoqtiraman. Guruh bo‘lib o‘rganish qandaydir zerikarli tuyiladi. Bundan tashqari oliy ta’lim tiziminiyam yaxshi bilaman, u yerdagi ta’lim bera olish darajasini ham. Lekin mustaqil o‘rganishni o‘ziga yarasha minuslari bor.
Ilm o‘rganishda uchta daraja bor. Boshlang‘ich darajada ikki soat dars - to‘rt soat tadbiq bo‘lishi kerak. O‘rta darajada ikki - ikki, yuqori dajarada ikki-bir. Shu yo‘sinda ketishi kerak hamma sohada. Bularni asosida esa tadbiq yotadi, bu shunaqangi murakkab narsa-ki, birga o‘rganuvchilarsiz buni mukammallashtirish qiyin. Ya’ni bir sohaga kirarkansiz, albatta oldizda siz bilan maqsadi bir bo‘lgan hamkasb, hamyo‘nalishlar kerak bo‘ladi.
Universitetga ayni shu kutilma bilan kirganidim to‘g‘risi. Kursdoshlarim bo‘ladi, ma’ruzalarda o‘tiramiz, yozib olamiz, chiqqandan keyin kutubxonaga boramiz, muhokama qilamiz, uzkiy krug qivolib 5-10 kishi, faqat o‘qiymiz deb o‘ylaganidim.
Bilmadim, hozirgi talabalarni o‘qishdan boshqa hamma narsaga qiziqishadi. Ideallarni ortidan ergashish shu darajada avjiga chiqqanki, bitta shunaqasini topsa ustoziyam ko‘ziga ko‘rinmaydi. Yaxshiyam oliy ta’limda qayta grant taqasimoti degan tizim yo‘lga qo‘yilibdiki, shuni orqasidan biroz jalb qilish mumkin bo‘lyapti talabalarni.
Aksari, dekanatga orzumand, ma’naviyat bo‘limiga orzumand, qanaqadir tadbirlar, bayram, o‘qishdan tashqari nima desang, hammasi hozir. Ularni diqqatini jalb qilish shu darajada murakkab-ki, ba’zida pul qo‘shib bersangam yoqtirmasa qimaydi.
Mustaqillikdan keyingi siyosat, har qancha ezgu maqsad bilan bo‘lmasin, asosan diqqatni asosiy narsadan - boshqa chalg‘itivchilarga qaratish bilan band bo‘ldi va o‘sha davrda tug‘ilib o‘sgan avlodni mevasini hozir ko‘ryabmiz.
To‘g‘ri, katta natija ko‘rsatayotgan yoshlaram ko‘p, lekin xalqni bahosi baribir aksar bilan o‘lchanadi. PISSA natijalari ko‘rsatdi bizga asl yuzimizni. Ya’ni, bahoni bunga qarab bermaslik kerak demoqchiman.
Agar kimdir qaysidir sohada hozir 10 mln so‘m topayotgan bo‘lsa va unga qo‘shilish bir-ikki haftagina olsa, yoshlar hech nimaga qaramay shunga ergashyapti. Sun’iy intellekt shu qadar rivojlanyapti-ki, istalgan sohani inson qo‘lidan olib qo‘yishi mumkin. Faqatgina, odamlarni ichida yashab, mantiq, mulohaza bilan qilinadigan kasblargina qoladi. Bitta yo‘riqnoma bilan yillab davom etila oladigan istalgan kasbni sun’iy intellekt tortib oladi. Bular haqida esa birov o‘ylamaydi.
Gapirsak gap ko‘p, 2022-yil Paynet, Astrum IT akademiyasi asoschisi Botir Arfijanov "universitetlar qulayapti" deganda gapini yengil sanagan edim, buni imkoni yo‘q deb. Endi tushinyabman, universitetlar emas, ayni ular bera oladigan eng katta qurol, netvorking qulayotgan ekan.
Buyog‘iga esa, ko‘p narsa kutmasdan, tartib-qoidalarga amal qilib, ustoz-shogird an’anasiga o‘tkan odamgina yutadi talaba sifatida. Muvaffaqiyat uchun boshqa yo‘l yo‘qdek go‘yo.
Bu fikrlarga kelishimning eng asosiy sabablaridan biri, bolalarning qiziqishlarini "asosida" ta’lim emasligi. Idealda, ta’lim - asos, bundan boshqa faoliyatlar asosni to‘ldirishi kerak. Biz shu mayoqni yo‘qotib qo‘yganmiz talaba sifatida.
Ps. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasiman. Barcha fikrlarim aynan o‘zim ta’lim olayotgan oliygohimga xos, istisnolar bo‘lishi tabiiy hol.