Juda achinarli holat!
1 FEVRAL 2026 · 1 DAQIQA
Aslida, bir joyda oʻqiysizmi yoki ishlaysizmi, u yer hecham muammodan holi boʻlmaydi. Buni yozish va gapirishni esa hamma qila oladi. Muammoni gapirarkansiz, u berayotgan real ogʻriq va yechimi bilan gapirmasangiz, bu faqatgina provokatsiyadan iborat boʻlib qoladi.
Oʻtkan chorshanba va payshanba kuni judayam noqulay va achinarli holat boʻldi. Bittasini oʻzim koʻrdim, ikkinchisiga esa kirsdoshlarim guvoh va qatnashchi boʻlishgan.
Birinchi holatda: birinchi paraga kirganimizda fan oʻqotivchimiz “musor” yigʻib, chiqindi qutisiga terib yurganidi. Ya’ni, murabbiy oʻz talabalari qoldirgan chiqindini tozalayapti.
Ikkinchi holatda ham xuddi shu narsa takrorlangan. Faqat, bunisida judayam koʻp boʻlgani uchun, talabalar ham yordamlashishiga toʻgʻri kelgan. Men oʻzim darsga kirganimda kamida ikki–uchta chiqindini terib, qutiga olob borishga majbur boʻlaman kamida atrofim toza boʻlishi uchun.
Men bu yerda aslo tozalikka mas’ul xodimlarni ayblamoqchi emasman. Ular oʻz ishlarini a’lo darajada bajarishyapti. Oʻzi umuman, kimnidir ayblamoqchi emasman. Talaba — madaniyatli boʻlishi va bunday masalalar muhokamaga chiqishiga hojat qolmasligi kerak.
Men bu yerda diqqatni jazo muqarrarligi masalasiga qaratmoqchiman. Universitetimizda odob–axloq kodeksi bor, bunga qat’iy chora kiritaylik, aniq belgilangan jazolar boʻlsin. Bu qiyin boʻladigan boʻlsa, ma’muriy javobgarlik ham belgilangan jamoat joyiga chiqindi tashlash boʻyicha. Kamera boʻlsa barcha xonalarda bor. Hech boʻlmasa shunga yarasin axir.
Umuman, xonalarda chiqindi qutisi turishini oʻzi notoʻgʻri. Bundan tashqari kodeks tatbiq etilishida ham talay muammolar bor. Xonada yemish yemaslik haqida qat’iy taqiq bolsa ham, hali birortasiga jazo berilganini koʻrmadim. Suv ichish masalasiga boʻlsa, yaxshisi toʻxtalmayman.