Kutilmagan jamoa va unutilgan haqiqatlar

22 MAY 2025 · 1 DAQIQA

O‘tgan haftada yangi jamoa ichiga tushib qoldim — kutilmaganda. Yil boshidan buyon muammolar, loyihalar, ish, oila… juda depressiv boshlangan edi, chalg‘ishga ehtiyoj sezgan edim.

U jamoada hamma bor: siniq, butun, yarimta, kichik, katta, baxtli, kompleksi bor, introvert, unsocialized — xullas, hammasi.

Menda doimiy falsafa bor. Bu eng katta ustozimdan qolgan: kichik jamoa yoki individual topib, unga yo‘l ko‘rsatib, tortib, beminnat yordam qilish. Balki shu falsafani davom ettirmoqchi boʻldim. Ham o‘zimga, ham fikrlar xilma-xilligidan nimadir olishga umid qilgandim.

Odam yoshi ulg‘aygani sari kutilmalari, filtrlari, atrofdagilarga talabi osharkan.

Lekin bu vaziyatdan ham quruq chiqmad. O‘rganganlarimdan biri: networking ham filtrlanar ekan. Oldin istalgan networking foydali deb bilardim.

Yana bir narsaga qayta, qayta va qayta amin bo‘lyapman: insonlarga loyiq boʻlganidan ortiq hurmat, e’tibor ko‘rsatsang — ularni yo‘qotarkansan.

Xullas, hayot yo‘lida shunaqa qisqa 10 kunlik o‘tdi. Nimagadir umid uyg‘ondi — yana so‘ndi. Endi esa chalg‘imasdan, eski maqsadni mahkam ushlab, loyihalar va rejalar sari davom…

#jamoa#netvorking#hurmat

Yana o'qish mumkin