Egilganga egilgin
27 IYUL 2026 · 2 DAQIQA
Hazrati Ali aytadi:
– Agar biror kishini o‘z qadridan ortiq maqomga qo‘ysang, u o‘sha maqomdan tushib sening qadringni yerga ura boshlaydi.
Egilganga egilgin boşing yerga tekkuncha, kerilganga kekkaygin boshing kökka yetkuncha
Yoshligimizdan shunaqa gap bölgan. Atrofimdagilar biladi, jahlim chiqsa, asabiylashsam fe'lim juda yomon, kamdan-kam bölsa ham quyushqondan chiqadigan holatlarim böladi, birovga zarar bermagan holda tabiiylki.
Lekin odatiy hayotda buni teskarisiman. Insonlar bor, tabiatan huşmuomala, yumşoqtabiat bölişadi. Lekin bu devor köpinça buzilganini körasiz, ba'zida xayron ham qolasiz, "bu odam şunaqamidi" deb. Aslida esa formula oddiy, inson tabiiy xarakteri bilan emas, odob-axloq va tarbiya mezonidan namuna olib yaşaşi kerak. Buning uçun u ideal deb bilgan tuşunçalar kerak. Istalgan odam öz fitrati yoki tabiatiga qarşi çiqişi mumkin, lekin tarbiya va odob körgan bölsa ğoliban bu çegarani buzmaydi.
Biz yoşligimizdan, otamni, döstlarini ustozi va umuman begonalar oldida qöl qovuştirib, boşini biroz yerga egib, tabassum bilan, xuşmuomala bölib gaplaşganini körib katta bölganmiz. Tabiiyki, örni kelganda boşini kötargani va ğazabini ham körganmiz. Lekin, bizga singdirilgan narsa şu bölganki, qarşida kim bölişidan qat'iy nazar, suhbat davomida boşni biroz pastga egiş, qöl qovuştiriş, tabassum va xuşmuomala bölişni örganganmiz.
Nazarimda, hozirgi zamonda yuqoridagi iborani örni biroz özgargandek tuyulyapti. Menimça bu iborani ustida heç qanday bahs bölişi mumkin emas. Lekin, atrofimizdagilar buni unutganmi yoki umuman eşitmaganmi bilmadim, odatan birovga nisbatan qança tavoze' bilan muomala qilinsa, boşingiz egilgan darajada yuqori kötarilib behurmat qilişadi. Xuddiki, bu hurmat va tavoze' uni darajasi, e'tibori va hurmatini belgilab berayotkandek taassurot uyğonadi.
Bunaqa holat juda köpaygan jamiyatda. Buni tub sababini esa yoşlardagi kamida boşlanğiç diniy ta'limni yöqligidan deb bilaman. Agar oz bölsa ham diniy ta'lim olişganida, kamida Hazratni "Ijtimoiy odoblar kitobini öqişganida edi, bu tavoze' qarişidagi odamni hurmati, darajasi, puli, mansabi yoki boşqa manfaati uçun emas, payğambarni sunnati bölgani uçun qilinayotganini anglagan holda, salomga yaraşa yoki undan ham yaxşiroq qilib alik olişgan bölardi.
Bu holatni meni hafa qilgan jihati, yaraşa muomala qilişmayotkanida emas, bu ta'limotdan bexabar ekanliklarida. Ayniqsa bu narsa köngilga yaqinlar bilan bölayotkan bölsa, ikki karra oğriqliroq.
Aslida bu yangilik emas, yuqoridagi Hazrati Alidan kelgan rivoyatda bunday holatni Saodat asrida ham bölganini tuşuniş qiyin emas, şunçaki bu zamonda köpayib qolgandek bu holat, yoki inson boşiga tuşgan paytda yaxşiroq his qiladi holatni, rivoyat öqigan yoki eşitkandagisiga nisbatan.